101

Ushbu Maxfiylik siyosati

“MSECURITY” MCHJ ta’sischisining

2024 yil “27” Iyuldagi

2 - sonli buyrug’i bilan

TASDIQLANGAN


IT XIZMATLARI, ONLAYN TA'LIM VA WEBSAYT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH XIZMATLARINI KO‘RSATISH BO’YICHA OMMAVIY OFERTA SHARTNOMA


I.UMUMIY QOIDALAR

1.1.Mazkur Ommaviy oferta O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367–369-moddalariga muvofiq MSECURITY MCHJ (matnda keying o’rinlarda Kompaniya)ning xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzishga rasmiy ommaviy taklifi hisoblanadi.
1.2.Mazkur Ommaviy oferta Internet tarmog‘idagi: www.msecurity.pro manzilidagi Kompaniyaning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va rasmiy e’lon qilingan saytda uning bekor qilinishi haqida xabar berilguniga qadar amal qiladi.
1.3.Ushbu ommaviy oferta ("Oferta") IT xizmatlari, onlayn ta'lim va websayt xavfsizligini ta'minlash xizmatlarini, jumladan, pentesting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Bundan keyin matn bo‘yicha "Shartnoma" (ushbu Shartnoma) va "Oferta" (ushbu Oferta) atamalari bir xil ma’noni anglatadi.
1.4.1.2. Ommaviy oferta shartlari, shartnoma tomonlari rioya qilishlari kerak bo‘lgan boshqa talablar kompaniyaning xizmat ko‘rsatish qoidalari hisoblanadi. Kompaniya mazkur Ommaviy oferta shartlariga o‘zgartirish kiritish huquqini mazkur Ommaviy ofertada o‘rnatilgan tartibga muvofiq, o‘zida saqlab qoladi.
1.5.www.msecurity.pro saytida foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish jarayonida internetda www.academy.msecurity.pro manzilida joylashgan ommaviy oferta shartlarini qabul qilgan (aksept) vaqtdan boshlab shartnoma kuchga kirgan hisoblanadi.

II.FOYDALANILADIGAN ATAMALAR IZOHI

2.1. Ushbu shartnomada qo‘llangan atamalar quyidagicha tushuniladi:
Shartnomawww.msecurity.pro saytidagi xizmat ko‘rsatiluvchi amaldagi ushbu ommaviy oferta tushuniladi. Oferta matni internetdagi www.msecurity.pro/public_offering manzilida joylashtirilgan.
Ariza – Foydalanuvchining saytdagi shaxsiy kabineti orqali qilgan murojaati.
Xizmatlar – IT xizmatlari, onlayn ta'lim va websayt xavfsizligini ta'minlash (pentesting) bo‘yicha ko‘rsatiladigan va Kompaniyaning vebsaytida ko’rsatilgan boshqa xizmatlardan iborat.
Kompaniya WEB-sayti – Internet tarmog‘ida www.msecurity.pro elektron manzilida joylashgan Kompaniya faoliyati, taqdim etiladigan xizmatlar haqida rasmiy axborot jamlangan Kompaniya axborot resursi.
Shaxsiy kabinet – foydalanuvchining saytda ro‘yxatdan o‘tishi natijasida shakllangan, himoyalangan sahifalar to‘plami. Shaxsiy kabinetga kirish foydalanuvchining saytda kirishda ko‘rsatgan ma’lumotlari (login va parol) asosida amalga oshiriladi.
Shaxsiy ma’lumotlar – Foydalanuvchining ismi, familiyasi, e-mail pochta manzili, telefon raqami, “cookie”, va boshqa ma’lumotlari.
Foydalanuvchi – internetda www.msecurity.pro/public_offering manzili bo‘yicha joylashgan ofertaning shartlarini qabul qilgan va saytda ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxs.
Platformawww.msecurity.pro sayti orqali xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya.
Tomonlar – foydalanuvchi va platforma.
Hisob – ko‘rsatilgan xizmat va topshirilgan mahsulot haqqini to‘lash uchun taqdim etilgan, shaxsiy kabinetdan yoki foydalanuvchining ro‘yxatda o‘tish vaqtidagi elektron pochta manziliga yuborilgan to‘lov xabarnomasi.
Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (jismoniy shaxslar uchun) – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti (xorijga chiqish biometrik pasporti bundan mustasno), identifikatsiya ID-kartasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi 116-son qarori bilan joriy etilgan milliy haydovchilik guvohnomasi, chet el fuqarolik pasporti (O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi belgi yoki ma’lumot bilan birga), fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, harbiy xizmatchining pasport ma’lumotlari va uning ro‘yxatda turgan joyini tasdiqlovchi ilovasi bilan belgilangan shakldagi harbiy guvohnoma.
Identifikatsiyalash — mavjud ma’lumotlar asosida ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanuvchining shaxsini aniqlash.
2.2. Atamalar bo‘yicha tushunmovchilik yuzaga kelganda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va internetning texnik talablariga muvofiq hal qilinadi.

III.SHARTNOMA TUZISH TARTIBI

3.1. Shartnoma, ya’ni ommaviy ofertaning matni internetdagi (oferta linki) manzilida doimo mavjud bo‘lib, saytda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ko‘rish va tanishish lozim bo‘ladi. Shartnoma matni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 369-moddasiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi.
3.2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 370-moddasiga asosan foydalanuvchi tomonidan quyidagi harakatlardan birining amalga oshirilishi mazkur taklifni to‘lig‘icha akseptlash (qabul qilish) hisoblanadi:
3.2.1. Saytda ro‘yxatdan o‘tish;
3.2.2. Tanlagan xizmat uchun to‘lovni amalga oshirish.

IV.SHARTNOMA PREDMETI

4.1.Mazkur shartnomaga asosan platforma foydalanuvchining arizasiga binoan, tanlangan xizmatning tavsifida ko‘rsatilgan miqdorda va vaqt oralig‘ida xizmat ko‘rsatishni va foydalanuvchi bunday xizmatlarni qabul qilish va to‘lovni amalga oshirish majburiyatini zimmasiga oladi.
4.2.Mazkur shartnoma bo’yich tarif rejasi va xizmatlarni taqdim etish shartlari hamda tartibi Kompaniya tomonidan belgilanadi.
4.3.Foydalanuvchiga taqdim etiladigan xizmatlarning to‘liq ro‘yxati shartnoma ilovasida ko‘rsatilishi mumkin.
4.4.Mazkur shartnoma bo’yicha Platformaga kirish va undagi xizmatlardan foydalanish shaxsiy va notijorat maqsadlar uchun beriladi. Foydalanuvchi Platforma xizmatlaridan shaxsiy o'rganishdan tashqari hech qanday maqsad uchun foydalanish, ko'paytirish yoki tarqatish huquqiga ega emas.
4.5.Mazkur shartnoma bo’yicha Platformaga kirish va undagi xizmatlardan foydalanish Foydalanuvchiga hech qanday intellektual mulk huquqlarini berish yoki o'tkazishni anglatmaydi. Barcha intellektual mulk huquqlari Platforma yoki tegishli huquq egalarida qoladi.

V. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

5.1. Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari.
5.1.1. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
5.1.1.1. To‘lovni amalga oshirib sotib olgan xizmatlardan belgilangan vaqt davomidan foydalanish huquqiga ega;
5.1.1.2. Ushbu oferta shartlari bilan tanishish;
5.1.1.3. Xizmatlardan to‘liq foydalanish;
5.1.2. Foydalanuvchi quyidagi majburiyatlarga ega:
5.1.2.1. Ushbu oferta shartlariga rioya qilish;
5.1.2.2. Xizmatlarni qonunga qarshi maqsadlarda ishlatmaslik, platforma bilan o‘zaro bog‘liq uchinchi shaxslarga zarar yetkazadigan harakatlarni bajarmaslik;
5.1.2.3. Xizmatlardan faqat yakka o‘zi foydalanishi. Yuridik shaxslar va voyaga yetmaganlarning qonuniy vakillari bilan tuziladigan shartnomalar bundan mustasno;
5.1.2.4. Uchinchi shaxslarga ma'lumotlarni oshkor qilmaslik;
5.1.2.5. Oferta, saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma talablariga to‘liq amal qilish;
5.2. Platformaning huquq va majburiyatlari.
5.2.1. Platforma quyidagi huquqlarga ega:
5.2.1.1. Foydalanuvchilarga xizmatlardan foydalanish, bu xizmatlar uchun hisob-kitoblar, xizmat sifati masalalari yuzasidan maslahat berilishini uyushtirishi;
5.2.1.2. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini muhofaza qilish uchun zarur choralar ko‘rgan va ma’lumotlarning konfidensialligini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga rioya qilgan holda qayta ishlash;
5.2.1.3. Foydalanuvchi tomonidan Platforma xizmatidan foydalanish chog'ida yaratilgan ma'lumotlar va natijalar (testlar, loyihalar kabilarni) kurs muallifi tomonidan baholash va o'quv jarayonini yaxshilash maqsadida ishlatish.
5.2.2. Platforma quyidagi majburiyatlarga ega:
5.2.2.1. Ofertada va o‘z saytida ko‘rsatilgan xizmatlarni taqdim etishi;
5.2.2.2. Xizmat ko‘rsatish chog‘ida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini ko‘rishi;
5.2.2.3. Foydlanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilishni ta'minlaydi. Barcha ma'lumotlar zamonaviy xavfsizlik protokollari va maxfiylik siyosatiga muvofiq saqlanadi.
5.2.2.4. Platforma texnik qo'llab-quvvatlashni ta'minlash va Foydalanuvchiga Platformaga kirishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan texnik muammolarni hal etishda yordam beradi.
5.2.2.5. Platforma Foydalanuvchiga xizmatdagi yangilanishlar va o'zgartirishlarni yetkazib berishni kafolatlaydi.

VI. XIZMAT KO‘RSATISH TARTIBI
6.1. Ommaviy oferta foydalanuvchi tomonidan qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lovni amalga oshirgan vaqtdan boshlab sayt xizmatlaridan foydalanish imkoniyati beriladi.
6.2. Platforma xizmatlarni faqatgina sayt, shaxsiy kabinet va boshqa dasturiy ta’minotlar orqali taqdim etadi.
6.3. Xizmatlarning tarkibi va ulardan foydalanish shartlariga Platforma tomonidan bir tomonlama o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

VII. MOLIYAVIY SHARTLAR

7.1. Xizmatlarning tavsifi va narxlari saytda alohida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Foydalanuvchi xizmatdan foydalanish uchun saytda ko‘rsatilgan to‘lov tizimidan foydalanadi.
7.2. Foydalanuvchi o‘zi tanlab bir martalik yoki bo’lib bo’lib to’lash bo’yicha to‘lovni amalga oshiradi. Bir martalik to’lovda Foydalanuvchi tanlagan xizmat uchun to‘lovni oldindan to‘liq to‘laydi.
7.3. Agar foydalanuvchi xizmat haqqini to‘lamagan bo‘lsa, platforma ushbu shartnomadagi xizmatlarini ko‘rsatmaslik huquqiga ega. Bunday holda Platforma foydalanuvchining saytdan va undagi xizmatlardan foydalanish huquqini cheklab quyishi (bloklashi) mumkin.
7.4. Bo’lib bo’lib to’lashda Foydalanuvchi shartnomada va Platformada belgilangan grafikka asosan to’lovni amalga oshiradi.
7.3. To’lovlar grafikda belgilangan muddatdan kechiktirilgan holda Platforma tomonidan to'lov muddati tugagandan kunidan keyin 3 kun qo’shimcha muhlat berilishi mumkin. Ushbu muddat davomida ham to'lov qilinmasa Foydalanuvchining Platformadan foydalnish huquqi cheklanadi (bloklanadi).
7.4. Xizmat haqqi to‘langanidan so‘ng xizmat sotib olingan hisoblanadi va Foydalanuchiga Platformadan foydalanish huquqi beriladi. Foydalanuvchi Platforma xizmatlaridan foydalanmaganligi vaji bilan to‘langan mablag‘larni qaytarishni so’ragan hollarda mablag’ qaytarilmaydi.
7.5. Foydalanuvchi to’lovni amalga oshirgan kundan boshlab 15 kun ichida o’zi bilan Platforma o’rtasida tuzilgan shartnomani bekor qilishni so’rab Platformaga yozma murojaat qoldirishi mumkin. Murojaatda shartnomani bekor qilish asoslari ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Platforma bunday murojaat kelib tushgan vaqtdan boshlab 15 kun ichida uni ko’rib chiqadi.
7.6. Foydalanuvchining shartnomani bekor qilish to’g’risidagi murojaati qanoatlantirilgan holda to’langan pulning 30 foiz miqdori saqlab qolinib, qolgan summa 30 bank kuni ichida Foydalanuvchining bank kartasiga pul o’tkazish yoli bilan o’tkazib beriladi.

VIII. TOMONLAR JAVOBGARLIGI

8.1. Platforma va foydalanuvchi shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari yoki ushbu shartnomada ko‘zda tutilgan tartib va miqdorda javobgar bo‘ladilar.
8.2. Agar foydalanuvchi shartnoma shartlarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, axloq va odob normalarni yoki texnik talablarni buzsa, Platforma bir tomonlama ravishda Foydalanuvchining shaxsiy kabinetini bloklash yoki butunlay o‘chirish, saytga kirishni taqiqlash yoki cheklash huquqiga ega.

IX. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

9.1. Shartnoma bajarilishi bilan bog‘liq barcha nizolar, tortishuvlar va shikoyatlar tomonlar muzokaralar orqali hal qilinadi.
9.2. Agar tomonlar muzokaralar orqali kelishuvga erishmasa, nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
9.3. Platformadan ro’yxatdan o’tishda ko’rsatiladigan ma’lumotlarning to’g’riligi, haqiqiyligi va to’liqligi uchun Foydalanuvchi javobgar bo’ladi.

X. FORS-MAJOR

10.1. Fors-major holatlari urush, ommaviy tartibsizliklar, ish tashlashlar, davlat hokimiyati organlarining qarorlari, tabiiy ofatlar kabi hodisalarni o‘z ichiga oladi.
10.2. Fors-major holati yuzaga kelganda tomonlar darhol bir-birini yozma shaklda xabardor qiladi.
10.3. Fors-major holati 3 oydan ortiq davom etganda Taraflardan biri ikkinchi tarafni oldindan yozma ogohlantirgan holda shartnomani bekor qilishni talab qilish huquqiga ega.

XI. YAKUNIY QOIDALAR

11.1. Tomonlar ushbu shartnomani bajarishda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda Elektron raqamli imzodan foydalanishga ruxsat berishlarini tasdiqlaydi.
11.2. Tomonlar vakolatli elektron pochta manzili orqali yuborilgan barcha bildirishlar, xabarlar, bitimlar va hujjatlar yuridik kuchga ega.
11.3. Platforma uchun vakolatli elektron pochta manzili: muminov@msecurity.pro.
11.4. Foydalanuvchilar uchun vakolatli elektron pochta manzili ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan elektron pochta manzili hisoblanadi.
11.5. Tomonlar vakolatli elektron pochta manzili va shaxsiy hisobga kirish uchun zarur bo‘lgan axborot va ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlashga, uchinchi shaxslarga bunday ma'lumotlarni oshkor qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini oladi.
11.6. Ushbu shartnoma bo’yicha Tomonlar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo‘llaniladi.

XII. SHARTNOMA SHARTLARINI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH

12.1. Platforma bir tomonlama ravishta ushbu ofertaning shartlarini o‘zgartirish huquqiga ega.
12.2. Ushbu ofertaga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar, shuningdek uning yangi tahriri Platformaning www.msecurity.pro vebsaytida e’lon qilingandan keyin kuchga kiradi.
12.3. Quyidagi holatlarda Platforma tomonidan xizmatlarni ko‘rsatish bir tomonlama ravishda to‘xtatiladi:
12.3.1. Foydalanuvchi tomonidan xizmatlarni ko‘rsatish sohasini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va mazkur Ommaviy oferta/Foydalanuvchi shartnomasining shartlariga rioya qilinmasa yoki ular buzilishi hollari aniqlanganda.
12.3.2. Agar Foydalanuvchi qurilmasining ishlashi, shuningdek, Foydalanuvchining xatti-harakatlari Platforma tarmog‘i, texnik vositalari va/yoki dasturiy ta’minotiga zarar yetkazishi mumkin deb hisoblansa yoki bunday xavf amalda vujudga kelsa.
12.3.3. Foydalanuvchi tomonidan Platforma rekvizitlaridan ruxsat etilmaydigan/qonunga xilof ravishda foydalanib, Platformada dasturiy ta’minot, uskunalar (vositalar, apparatlar) va axborot resurslariga, ma’lumotlar uzatishga noqonuniy ulanishga urinish sodir etilsa yoki bunday xavf bo‘lsa.
12.3.4. Platforma qoidalariga va Ommaviy oferta shartlariga muvofiq Foydalanuvchini xabardor qilish orqali Platformada rejali texnologik ishlar, ta’mirlash, profilaktik tadbirlar o‘tkazish davomida.
12.3.5. Foydalanuvchi tomonidan xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilmagan hollarda. Bunda Foydalanuvchi, Foydalanuvchi shartnomasida nazarda tutilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod etilmaydi.
12.3.6. Platforma xizmatlari Foydalanuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘xtalishi mumkin, bunda Foydalanuvchi tomonidan to’langan to’lov qaytarilmaydi.
12.3.7. Foydalanuvchi tomonidan Platformadagi ma’ulmotlardan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid ravishda pullik xizmatlar ko‘rsatish uchun foydalanilganda.
12.3.8. Platformada yoki uning nomidan boshqa Foydalanuvchilarni obro‘sizlantiruvchi axborotlar tarqatilganda, muayyan materiallar (spam va boshqalar) va viruslar Platforma orqali keng tarqatilganda, Platformadan foydalanish qoidalari buzilganda, litsenziyasiz dasturiy ta’minot yoki musiqa yoxud videolar tarqatilganda, IP-manzillar qalbakilashtirilganda.
12.3.9. Proksi-server, virtual xususiy tarmoq (VPN) serveri sifatida xosting xizmatlaridan foydalanilganda, shuningdek, xosting-akkauntida proksi-server va VPN bilan bog‘liq dasturiy ta’minot o‘rnatilganda.
12.3.10. Foydalanuvchi mazkur Ommaviy ofertaga muvofiq, o‘zining shaxsiga doir maʼlumotlarni to‘plash va qayta ishlash bo‘yicha bergan roziligini bekor qilganida. Bunda Platforma Foydalanuvchiga to‘liq yoki qisman xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin.
12.3.11. Foydalanuvchi tomonidan mazkur Ommaviy oferta/Foydalanuvchi shartnomasi shartlari buzilganda va O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa holatlarda, shuningdek, Qoidalariga muvofiq, Foydalanuvchiga Platformaga qayta ulanish Platforma shartlari bo‘yicha buzilish holatlari to‘la bartaraf etilganidan keyin taqdim etiladi, bunda Foydalanuvchi tomonidan ilgari belgilangan xizmat ko’rsatish shartlarining saqlanishi kafolatlanmaydi.


Oxirgi yangilanish: 02.08.2024